Jump to content

User:Shaymanov Umidjon

From Wikipedia, the free encyclopedia

Ota-onang gʻanimat

Bu dunyo besh kundek oʻtib ketadi, Oʻlim haqdir bir kun boshga yetadi, Mehribonlar sendan mehr kutadi Ota-onang gʻanimatdir ey inson.

Ular senla har narsaga tayyorlar Doʻstlaring bor tulkidan ham ayyorlar , Oyimchalar atrofingda sayyorlar, Ota-onang gʻanimat bil ey inson.

Omad har dam birdek kulib boqmaydi Ishing yursa kimlargadir yoqmaydi, Jigaringdek mehri joʻshib oqmaydi, Ota-onang gʻanimat bil ey inson.

Baʼzilar bor ota-ona qadrin bilmas Nasihatin qulogʻiga hech ham ilmas, Nafsin deya har narsadan kechar oson, Ota-onang gʻanimat bil ey inson.

Kun keladi ovozlarin sogʻinasan Xar bir bosgan qadamlarin sogʻinasan Qilgan ishing eslab eslab ogʻrinasan, Ota-onang gʻanimat bil ey inson.

Vaqt borida duolarin olaylik, Vaqt borida roziligin olaylik, Dardlariga bizlar malham boʻlaylik, Ota-onang gʻanimat bil ey inson.

Qaytar dunyo qoʻshigʻini aytadi Ne qilsang ham oʻz bolangdan qaytadi, Kelsa sinov qiynovlari boʻlmas oson, Ota-onang gʻanimat bil ey inson.

Otam mening davlatim,tengi yoʻqdir Onam mening jannatim, cheki yoʻqdir Ular borki mening koʻnglim har dam toʻqdir, Otam,onam gʻanimatdir ey inson.

Ular kulsa guyoki bir dunyo kular Farzandlari yuqlab kelsa koʻngli toʻlar, Kecha kunduz sogʻ boʻlsin deb duo qilar, Ota-onang gʻanimat bil ey inson.

Umidjon Shaymanov