Jump to content

User:Olisdagi odam

From Wikipedia, the free encyclopedia

Toʻldiruvchi fe'lga bog'lanib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagidir. MASALAN: Bu 𝘀𝗼'𝘇𝗱𝗮𝗻 Usmon ajablandi.E'tibor bering: Men undan (kimdan?) so'radim. Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan (nimadan?) ko'zini (nimani?) uzmayin singlim asta javob berdi: — O'qituvchimga (kimga?) To'ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog'lanadi. Agar u bog'langan so'z kesim bo'lib shakllanolmagan bo'lsa, ana o'sha so'z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo'lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo'lakning bo'lagi bo'ladi. Masalan: Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so'rog'iga javob bo'lib, kesimga bir butun holda bog'lanadi. Shunday qilib, to'ldiruvchilar kesimga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) mustaqil to'ldiruvchi 2) nomustaqil to'ldiruvchi. Esda saqlang: 1)To'g'ridan-to'g'ri kesimga bog'lanib keluvchi to'ldiruvchilar mustaqil to'ldiruvchi sanaladi.

2) Kesim vazifasida kelmagan fe'lga tobe bog'lanib kelgan to'ldiruvchilar nomustaqil to'ldiruvchilar deyiladi.

To'ldiruvchi ikki guruhga bo'linadi: 1) Vositasiz to'ldiruvchi 2) Vositali to'ldiruvchi 1) Vositasiz to'ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllar bilan ifodalangan to'ldiruvchidir. Kimni? nimani? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlar bilan birikma hosil qiladigan fe'llar o'timli fe'llardir: Qarilari kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot) ... 2) Vositali to'ldiruvchi hokim so'zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'lib keladigan kengaytiruvchilaridir. Vositali to'ldiruvchi jo'nalish, chiqish, ba'zan o'rin-payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali, xususida kabi ko'makchilarni olgan so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanad: Qizg'ish – pushtidan to'qroq, qizildan ochroq rang. ...