Draft:Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi
Tarixi
[edit]Аkademik litsey 1999- yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 10 avgust 1999- yildagi 240-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan va unga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi nomi berilgan.
Litsey 1999-yil sentabr oyidan oʻz faoliyatini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshladi. 2000-yil 20-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi I.Karimov litseyning yangi binosiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 26- sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tasarrufiga berilgan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017- yil 10- noyabrdagi 87-02-3497-sonli xatiga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy-uslubiy kengashining 2018- yil 26- apreldagi qarori bilan akademik litsey ustavi tasdiqlandi 2018 -yil 14 -may kuni 2070-sonli raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi, taʼlim muassasasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi deb nomlandi.
Yo'nalishlar
[edit]Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2023-2024-o‘quv yilida aniq fanlar (iqtisod), ijtimoiy-gumanitar fanlar (yurisprudensiya) hamda xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishlarida taʼlim berilmoqda.
Litseyda chuqurlashtirilgan fan sifatida quyidagilar o‘qitiladi:
[edit]- Aniq fanlar (iqtisod):
- Matematika (Algebra, Geometriya)
- Xorijiy til (ingliz, nemis tillari)
- Ijtimoiy- gumanitar fanlar (yurisprudensiya):
- Tarix (Oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi)
- Xorijiy til (ingliz, nemis tillari)
- Huquqshunoslik
- Xorijiy filologiya (ingliz tili):
- Ona tili va adabiyoti
- Ingliz tili;
Kafedralar:
[edit]- Aniq fanlar kafedrasi
- Xorijiy tillar kafedrasi
- Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi
- Umumta'lim fanlar kafedrasi
- Tillar kafedrasi
Bog'lanish
[edit]Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko'chasi 242-uy
Mo'ljal: Qozog'iston Respublikasi elchixonasining yangi binosi
Telefon: 71 244-84-19
Rasmiy veb-sayt: www.aluwed.uz
Rasmiy telegram kanal: t.me/aluwed_uz
References
[edit]